2026-yil sentabr oyi natijalari: HAVAL sotuvi 10,5 foizga o‘sdi, Jolion esa 46 foizdan ortiq o‘sishni ko‘rsatdi
Sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 821 dona HAVAL avtomobili sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10,5 foizga ko‘pdir.
Jolion krossoveri sotuvlar yetakchisiga aylandi – bir oy ichida modelni 449 nafar xaridor tanladi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan Jolion sotuvlari 46,3 foizga oshdi.
Ikkinchi o‘rinni 242 dona avtomobil bilan M6 egalladi. Boshqa 67 nafar xaridor esa H6’ni tanladi.
Qolgan modellarning sotuvi quyidagicha bo‘ldi:
- H7 – benzinli va gibrid versiyalarda 36 dona krossover;
- H9 – 11 dona to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas;
- GWM Wingle 7 – 10 dona pikap;
- Dargo – 6 dona o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas.
HAVAL sotuv tuzilmasi brendning krossoverlariga yuqori talabni ko‘rsatmoqda, benzinli va gibrid versiyalarda taqdim etilgan H7 esa turli xil quvvat qurilmalarini tanlaydigan xaridorlar uchun taklifni kengaytirmoqda.

