Uch yil oldin HAVAL O‘zbekistonda o‘z tarixini boshladi. Bugungi kunda brend minglab avtomobil egalarini o‘zaro birlashtirib kelmoqda, mamlakatning turli hududlarida o‘z mahsulotlarini taqdim qilmoqda va qulaylik, zamonaviy texnologiyalar va harakatlanish erkinligini qadrlaydiganlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishda davom etmoqda.
Shu davr mobaynida O‘zbekistonda deyarli 20 ming dona HAVAL avtomobili sotildi, dilerlik tarmog‘i esa 28 ta markazga yetdi. Biroq sotuv natijalari ortida bundan-da muhimroq jihat – xaridorlarning ishonchi, avtomobil madaniyatining rivojlanishi va har bir safarni yanada qulay qilishga bo‘lgan intilish turadi.
Uch yillik ishonchli yuksalish
HAVAL’ning asosiy yutuqlaridan biri brend avtomobillariga bo‘lgan barqaror talab bo‘ldi. Xaridorlar orasida ayniqsa HAVAL M6 va HAVAL Jolion yuqori darajadagi ommaboplikka erishdi – bu modellar O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan o’nta avtomobil qatoriga kirdi.
Qulay shahar krossoverlaridan tortib uzoq safar va yo‘lsiz sharoitlarga ega hududlar uchun mo‘ljallangan avtomobillargacha – HAVAL modellar turkumi turli ehtiyoj va turmush tarziga mos yechim tanlash imkonini beradi.
Shu bilan birga brend odatdagi texnologiyalar bilan cheklanib qolmaydi. Gibrid yo‘nalishning rivojlanishi dinamika, qulaylik va zamonaviy muhandislik yechimlari uyg‘unligini izlayotgan haydovchilar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Har bir avtomobil egasiga yanada yaqinroq
Avtomobilni xarid qilish – brend bilan tanishuvning boshlanishi, xolos. Unga qanchalik qulay tarzda xizmat ko‘rsatish va zarur yordamni olish ham muhim ahamiyatga ega.
Aynan shu sababli HAVAL dilerlik va servis infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda 28 ta rasmiy dilerlik markazi faoliyat yuritib, avtomobillarni sotish va texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlamoqda.
Tarmoqning kengayishi HAVAL’ni nafaqat Toshkentda, balki mamlakat hududlarida ham xaridorlarga yaqinlashtiradi. Bu avtomobil egalari uchun modellar turkumi bilan tanishish, mos avtomobilni tanlash va servis xizmat ko‘rsatishdan foydalanish uchun ko‘proq imkoniyatlarni anglatadi.
Xalqaro darajada tan olingan natijalar
HAVAL’ning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatlari mamlakat tashqarisida ham e’tirof etildi.
Uch yil davomida mahalliy jamoa Great Wall Motor tomonidan quyidagi xalqaro mukofotlar bilan taqdirlandi: Rising Star 2024, Annual Sales Star 2025, Annual Performance Star 2025 va Growth Excellence Regional 2025.
Ushbu mukofotlar HAVAL Uzbekistan jamoasining faoliyati natijalari, dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va brendning bozordagi mavqeyini mustahkamlashning tasdig‘i bo‘ldi.
O‘zbekiston HAVAL uchun muhim bozorlardan biri bo‘lib, bu yerda brend o‘z ishtirokini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xaridorlar uchun taklifni kengaytirishni davom ettirmoqda.
"Biz uch yil ichida uzoq yo'l bosib o'tdik, lekin eng katta yutugʻimiz – HAVAL’ni tanlagan minglab odamlarning bizga bo'lgan ishonchidir. Biz uchun bu faqat zamonaviy avtomobillarni taklif qilish emas, balki mijozlarimiz bilan uzoq muddatli munosabatlar o'rnatish, har bir bosqichda sifat, qulaylik va qo'llab-quvvatlashni ta'minlashdir. Biz bu hikoyaning bir qismiga aylangan barcha odamlarga minnatdormiz va O'zbekiston bilan birga oldinga intilishni davom ettiramiz", dedi GWM Uzbekistan Bosh direktori Sisoyev Dmitriy.
Shunchaki, faqat avtomobilning o‘zi emas
Uch yil davomida HAVAL nafaqat avtomobil bozori ishtirokchisi, balki O‘zbekistonning yorqin voqealari, sayohatlari va sport yutuqlarining bir qismiga aylandi.
Muhim yo‘nalishlardan biri sifatida brend avtomobillari egalarini birlashtiruvchi HAVAL Club hamjamiyatining rivojlanishi bo‘ldi. Bu hamfikrlarni topish, tajriba almashish, yangi yo‘nalishlarni ochish va odatdagi shahar yo‘llaridan tashqaridagi taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatidir.
Sayohatlar HAVAL falsafasida alohida o‘rin tutadi. HAVAL IZIDAN loyihasi O‘zbekistonning go‘zal manzarali maskanlari, madaniyati va tabiati bilan tanishtirib, avtomobilda yo‘lga chiqib qancha qiziqarli jihatlarni kashf etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Yana bir muhim yo‘nalish – mahalliy sportni qo‘llab-quvvatlash. HAVAL O‘zbekiston Boks federatsiyasi bilan hamkorlik qiladi, brend ambassadorlari sifatida esa taniqli sportchilar Bahodir Jalolov va Isroil Madrimov ishtirok etadi.
Bu hamkorlik brendga yaqin bo‘lgan qadriyatlar – o‘ziga ishonch, iroda kuchi, yangi yutuqlarga intilish va oldinga qarab olg‘a harakatlanishga tayyorlikni aks ettiradi.
Uch yil – bu faqat boshlanish
Uch yil davomida HAVAL bozorga chiqishdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab minglab avtomobilchilar tanlaydigan brendga aylanishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Bugungi kunda HAVAL avtomobillari egalariga kundalik safarlar, oilaviy sayohatlar va yangi sarguzashtlarda hamrohlik qiladi. Brendning o‘zi esa o‘z rivojlanishini davom ettirib, imkoniyatlarini kengaytirmoqda va insonlarga yanada yaqin bo‘lmoqda.
HAVAL – ko’proq imkoniyatlar sari.