HAVAL: M6 sotuvda yetakchi bo‘ldi, Jolion esa xaridorgirligini saqlab qolmoqda
Oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 434 dona HAVAL avtomobili sotildi. Brendning eng ommabop modeli M6 krossoveri bo‘ldi – oy davomida uni 236 nafar xaridor tanladi, bu esa umumiy sotuv hajmining yarmidan ortig‘ini tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni 124 dona natija bilan shahar krossoveri – Jolion egalladi. Yana 53 nafar xaridor H6’ni tanladi.
Boshqa modellar sotuvi quyidagicha taqsimlandi:
- H9 – 11 dona yo‘ltanlamas;
- Dargo – 5 dona yo‘ltanlamas;
- H7 – benzinli va gibrid versiyalarda 3 dona avtomobil;
- GWM Wingle 7 – 2 dona pikap.
HAVAL sotuvining asosiy qismini brendning eng talabgir modellari bo‘lib qolayotgan M6 va Jolion ta’minlamoqda. Shu bilan birga, modellar turkumida H6 va H9’ning mavjudligi krossoverlar va yo‘ltanlamaslar bozorining turli segmentlarini qamrab olish imkonini beradi. An’anaviy benzin dvigateli bilan ham, gibridli kuch qurilmasi bilan ham mavjud bo‘lgan H7 xaridorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochib bermoqda.