HAVAL avtomobillari uchun maxsus shartlar

Maxsus moliyalashtirish dasturlari tufayli yangi HAVAL xarid qilish yanada qulaylashdi. Avtomobil xarid qilishning o‘zingizga mos usulini tanlang — foizsiz muddatli to‘lov yoki qulay oylik to‘lovlar asosida imtiyozli kredit.

0% li muddatli to'lovning maxsus shartlari

Avtomobilni belgilangan to'lovlar va maqbul muddatli to'lov asosida qulay shartlarda rasmiylashtirmoqchi bo'lganlar uchun ayni muddao.

Model

Muddatli to'lov muddati

Boshlang'ich to'lov

Yillik foiz stavkasi

Afzalliklari

HAVAL Jolion

12 oydan 60 oygacha

25% dan boshlab

0%

Zamonaviy dizayn va yuqori darajadagi qulaylikka ega texnologik shahar krossoveri

HAVAL M6

12 oydan 60 oygacha

25% dan boshlab

0%

Kundalik safarlar va sayohatlar uchun keng bo'lgan oilaviy krossover

HAVAL H6

12 oydan 36 oygacha

25% dan boshlab

0%

Dinamik xarakterga, zamonaviy texnologiyalarga va yuqori darajadagi qulaylikka ega ko'p qirrali krossover

Imtiyozli kreditlash - pasaytirilgan foiz stavkalari va qulay hisoblangan to'lov

Imtiyozli kreditlash dasturlari avtomobilni qulay shartlar asosida, minimal foiz stavkasi va qulay to'lov muddati bilan rasmiylashtirish imkonini beradi.

Model

Boshlang'ich to'lov

Foiz stavkasi

Muddat

HAVAL M6, HAVAL Jolion, HAVAL H6

25% dan boshlab

yillik 2.0% dan 16% gacha

60 oygacha

Nima uchun bu foydali?

  • pasaytirilgan foiz stavkalari
  • boshlang'ich to'lovning qulay shartlari
  • to'lovning qulay muddatini tanlash imkoniyati
  • arizani tezkor ko'rib chiqish
  • ayrim dasturlarda daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma talab etilmasdan rasmiylashtirish imkoniyati
  • kreditni muddatidan oldin to'lab qo'yish imkoniyati

Hamkor hisoblangan banklar

  • AloqaBank
  • DAVR BANK
  • HAMKOR BANK
  • TBC (faqat Toshkent uchun)

Muddatli to'lovni qay tarzda rasmiylashtirish mumkin?

  1. Qo'ng'iroq qiling va maslahat oling 
    HAVAL rasmiy dilerlik markaziga murojaat qiling va amaldagi moliyalashtirish dasturlari, muddatli to'lov shartlari hamda mavjud modellar bo'yicha dastlabki maslahat oling
  2. HAVAL modelini tanlang 
    Avtomobil va uning komplektatsiyasini HAVAL rasmiy dilerlik markazida tanlab oling.
  3. Ariza topshiring 
    Menejer sizga eng maqbul shartlarni tanlashda va moliyalashtirish uchun ariza topshirishda yordam beradi.
  4. Yangi HAVAL'ingizni qabul qiling 
    Ariza ma'qullanganidan so'ng, hujjatlarni rasmiylashtiring va bugunoq maxsus shartlar asosida avtomobilni olib keting.

O'zingizga mos keluvchi HAVAL moliyalashtirish dasturini tanlang va bugunoq HAVAL rasmiy dilerlik markazlarida sizga mos hisob-kitob variantlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ling: +998 71 287 88 88

* Moliyalashtirish shartlari e'lon qilingan paytda amalda hisoblanib, unga hamkor banklar tomonidan oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirilish kiritilishi mumkin. Kredit shartlari haqida batafsil ma'lumotni HAVAL'ning rasmiy dilerlaridan bilib oling. Sug'urtalash majburiy hisoblanib, dastur narxiga kiritilmagan.